Ertaga baʼzi hududlarda havo harorati 42 darajagacha koʻtariladi

Saqlash
15:30 / 01.08.2024 294 0

“Oʻzgidromet” 2-avgust, juma kuni kuzatiladigan ob-havo toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

 

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +24...+26 daraja, kunduzi +38...+40 daraja boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi. Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +34...+39 daraja boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +23...+28 daraja, kunduzi +37...+42 daraja boʻladi.

 

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +21...+26 daraja, kunduzi +36...+41 daraja boʻladi.

 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +23...+28 daraja, kunduzi +37...+42 daraja, baʼzi joylarda +44 darajagacha boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +21...+26 daraja, kunduzi +35...+40 daraja boʻladi.

 

Respublikaning togʻli hududlari. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +14...+19 daraja, kunduzi +28...+33 daraja boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//