Jamiyat
Raqamli texnologiyalar vazirligi Oʻzbekistonda Youtube “normal rejimda” ishlayotgani, Rossiyada videoxosting tezligining pasaygani Oʻzbekistonga “hech qanday taʼsir koʻrsatmagani”ni bildirdi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi Oʻzbekistonda Youtube videohostingi faoliyati sekinlashgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda YouTube platformasiga kirish qiyinlashgani, xususan, roliklarni yuklash tezligi sekinlashgani haqida gap-soʻzlar tarqaldi. Turon Telecom internet provayderi YouTubeʼga kirish bilan bogʻliq uzilishlar kuzatilayotgani va bu maʼlum bir internet-provayderga bogʻliq muammo emasligini bildirdi.
Spot nashrining vazirlik matbuot kotibi Sherzod Ahmatovga tayanib yozishicha, YouTube “normal rejimda” ishlamoqda. Bundan tashqari, Rossiyada videohosting tezligining pasaygani Oʻzbekistonga “hech qanday taʼsir koʻrsatmagan”.
“Agar YouTube bir mamlakatda sekinlashsa, bu Oʻzbekistonda ham sekinlashadi degani emas, yaʼni u bir mamlakatga bogʻlanib qolmagan”, — degan Sherzod Ahmatov.
2024-yil iyul oʻrtalarida “Rostelekom” internet-provayderi Rossiya hududida YouTube videohostingi faoliyati sekinlashganini maʼlum qilgandi. Bunga AQSHning Alphabet kompaniyasini mahalliy serverlari ishida “texnik muammolar” kuzatilayotgani sabab qilib koʻrsatilgan.
Rossiya Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinshteynga koʻra, Rossiyada YouTubeʼga kirish tezligi 70 foizgacha tushib ketgan. Bunday cheklovlar faqat desktop versiyalarga taalluqli ekani va hozircha mobil qurilmalarga taʼsir koʻrsatmasligi aytilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q