Jamiyat
Joriy yilning 30-iyulida BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) Akiko Fujiini Oʻzbekistondagi yangi doimiy vakilasi etib tayinlanganini eʼlon qiladi.
Maʼlumot uchun, Akiko Fujii BMT Taraqqiyot Dasturida 25 yildan ortiq tajribaga ega va u butun dunyoda turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Jumladan, u Oʻzbekistonga tayinlanishidan oldin BMT Taraqqiyot Dasturining Maldiv orollaridagi doimiy vakilasi, hamda Vyetnam, Fijidagi koʻp mamlakatli idora (oʻz ichiga Fiji, Mikroneziya Federativ Davlatlari, Kiribati, Marshall orollari, Nauru, Palau, Tonga, Tuvalu va Vanuatu davlatlarini oladi) va Yamaykada doimiy vakil oʻrinbosari boʻlib ishlagan.
Uning BMT Taraqqiyot Dasturidagi keng qamrovli faoliyati Sudan, Tokio va Pokistonda ham muhim rol oʻynagan.
Akiko Fujii talabalik yillaridanoq, yaʼni 1995-yilda Kobe shahri yaqinidagi zilzila qurbonlariga koʻngilli sifatida yordam bergan.
U Buyuk Britaniyaning Sasseks universitetida gender va rivojlanish boʻyicha, Yaponiyaning Kioto universitetida inson va atrof-muhitni oʻrganish boʻyicha magistr darajalariga ega.
“Fujii xonim Oʻzbekistondagi yangi lavozimida barcha uchun adolatli, barqaror va inklyuziv taraqqiyot yoʻlida ishlashni intiqlik bilan kutmoqda”, deyiladi BMT Taraqqiyot Dasturi press-relizida.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111062
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74538
Jamiyat
//
Izoh yo‘q