Jamiyat
Raqobat qoʻmitasi bir qator mahsulotlarni amaldagi hujjatlarga nomuvofiq deb topdi.
Maʼlum boʻlishicha, ular laboratoriya sinovlaridan oʻtkazilgan.
“Raqobat qoʻmitasi tomonidan nazorat xaridi uchun savdo shoxobchalaridan 9 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar xarid qilindi va akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalarga sinovdan oʻtkazish uchun taqdim etildi.
Sinov natijalarida 8 nomdagi mahsulotlarni amaldagi texnik jihatdan tartibga solish hujjatlariga nomuvofiqligi aniqlandi”, deyiladi xabarda.
Sifatsiz deb topilgan tovarlar quyidagilar:
▪️ “Bruni” shokoladli keks mahsuloti;
▪️ “SELLATILGAN MOL GOʻSHTI oliy nav” konservalangan mol goʻshti mahsuloti;
▪️ “BIO KIFER” mahsuloti;
▪️ “Qand” mahsuloti;
▪️ “Chernogolovka” gazlangan salqinlantiruvchi ichimlik mahsuloti;
▪️ “URUSSA” kungaboqar yogʻi;
▪️ “Kunjutnoye maslo” yogʻ mahsuloti;
▪️ “Sedana yogʻi” yogʻ mahsuloti.
Xabarga koʻra, hozirda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va sifatsiz mahsulotlarning sotilishiga chek qoʻyish maqsadida Raqobat qoʻmitasi tomonidan yuqoridagi tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarga tegishli choralar koʻrilmoqda.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
109943
Jamiyat
94284
Jamiyat
90132
Jamiyat
73381
Jamiyat
//
Izoh yo‘q