Jamiyat
1-avgustdan bir qator sohalarda oʻzgarishlar kutilmoqda
Jumladan:
Talabalar onlayn tarzda yotoqxonalarga joylashtiriladi
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab barcha kurs talabalari uchun davlat oliy taʼlim muassasalari talabalar turar joyiga joylashish onlayn shaklda amalga oshiriladi. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1 avgustdan boshlab oʻquv yili yakuniga qadar davom etadi.
Futzal muxlislariga poytaxtda jamoat transportlaridan bepul foydalanadi
2024-yil avgust – oktyabr oylarida Jahon chempionatida akkreditatsiyadan oʻtgan shaxslar, shuningdek, Jahon chempionati oʻyinlariga chiptalari mavjud boʻlgan xorijiy va mahalliy muxlislar uchun temir yoʻl chiptalariga 50 foiz miqdorida chegirmalar joriy qilinadi.
Jahon chempionatida akkreditatsiyadan oʻtgan shaxslar hamda oʻyin kunlari chiptalari mavjud boʻlgan shaxslar uchun jamoat transport vositalaridan (avtobus, metro) bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi oshiriladi
Prezident Qarori bilan xavflilik omili III – IV toifa boʻlgan obyektlarni hududning zilzilalar kuchini koʻrsatib beruvchi mintaqaviy akselerogrammalar bazalaridan kelib chiqib loyihalash va qurish tartibi joriy etiladi.
Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyati tashkil etiladi
Prezident qarori bilan Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga bir qator qoʻshimcha vazifalar yuklatilgan boʻlib, ulardan biri Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etishdir.
Mazkur institutga joriy yilning 1-avgustidan boshlab raqamli kriminalistika boʻyicha sud ekspertizalari va tadqiqotlarni oʻtkazish huquqi beriladi.
Institut sud-ekspertlik faoliyati qamrovini kengaytirish maqsadida 2024-yil yakunigacha katta hajmdagi maʼlumotlar (“Big Data”) ekspertizasi oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyadi.
“Raqamli dalillar yagona reyestri” idoralararo avtomatlashtirilgan tizimining sinov versiyasi 2025-yil 1-martgacha, 2025-yil 1-avgustgacha toʻliq versiyasi joriy etiladi.
Boʻsh yer uchastkalaridan samarali foydalanish maqsadida yer uchastkalari auksionga chiqariladi
Bunda joriy yil yakunigacha belgilangan master-rejalarga muvofiq zamonaviy xizmat koʻrsatish majmualari va servis obyektlarini, jumladan joylashtirish vositalari, turar joylar, savdo-koʻngilochar markazlarini tashkil qilish uchun master-reja hududidagi yer uchastkalari auksion savdolariga chiqariladi. Ushbu amaliyot 1 avgustdan boshlanadi.
Tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi
Bunda:
▪️ tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasini ishlab chiqarish uchun barcha turdagi tibbiyot muassasalarida hosil boʻladigan tibbiyot chiqindilari toʻliq hajmda Loyiha kompaniyasiga topshiriladi;
▪️ loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflarda tibbiyot muassasalari tomonidan sotib olinishi taʼminlanadi. Bunda issiqlik energiyasi boshqa shaxslarga ham belgilangan tartibda yetkazib berilishi mumkin.
Turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarida ayrim imtiyoz beriladi
Yaʼni, ularda yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan amaliyot bazalarini (turoperator, turagent, gid-tarjimon, mehmonxona va turizm transporti xizmatlarini koʻrsatish obyektlari) belgilangan tartibda tashkil etishga ruxsat beriladi.
Paxta-toʻqimachilik klasterlari moliyaviy sogʻlomlashtiriladi
Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha klasterlar taʼsischilarining shaxsiy kafilligi 1-avgustdan qoʻshimcha ravishda rasmiylashtiriladi.
Shuningdek, boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olingan va sotib olish qiymatining 35 foizi va undan yuqori qismi toʻlangan paxta tozalash zavodlari va paxta qabul qilish maskanlarini jalb etiladigan kredit boʻyicha mulkiy majmua sifatida garovga qoʻyishga ruxsat beriladi.
Tugatilayotgan “Oʻzpaxtasanoat” AJning mulkiy majmualarini sotib olish boʻyicha klasterlar bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomalarida belgilangan toʻlov grafigi boʻyicha qarzdorliklar muddati 1 yilga uzaytiriladi.
Avtomobil raqamlari tasodifiy tanlash yoʻli bilan beriladi
Avgust oyidan boshlab avtomobillarga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari tasodifiy tanlash yoʻli bilan beriladi.
Bunda raqamlar avtomatik tarzda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi boʻlgan “Davlat raqam belgilari” moduli orqali shakllantiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q