5 kun davomida elektr energiyasi uchun onlayn toʻlovlar qabul qilinmaydi

Saqlash
15:48 / 31.07.2024 1481 0

2024-yil 31-iyul, soat 23:50dan 5-avgust, soat 22:00gacha elektr energiyasi uchun onlayn toʻlovlar qabul qilinmaydi. Bu haqida “Hududiy elektr tarmoqlari“ AJ matbuot kotibi xabar berdi.

 

Maʼlum boʻlishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi ishga tushirilmoqda. Shu munosabat bilan qariyb toʻliq besh kun davomida Maʼlumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib boriladi.

 

Mazkur vaqt oraligʻida elektr energiyasi uchun onlayn tоʼlovlarni amalga oshirib boʻlmaydi.

 

Shuningdek, shaxsiy hisob raqamdagi mavjud maʼlumotlarni olishda texnik uzilishlar ham boʻlishi mumkin.

 

Biroq oy oxirida hisobi tugaydigan isteʼmolchilar ayni muddatda qarzdorlikka chiqsa ham avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//