Matluba Qahhorova Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisiga oʻrinbosar boʻldi

Saqlash
14:40 / 31.07.2024 554 0

Dilbar Gʻulomova boshqa ishga oʻtishini munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga binoan Matluba Qahhorova Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining oʻrinbosari etib tayinlandi.

 

Maʼlumot uchun, Dilbar Gʻulomova 2019-yilda Din ishlari boʻyicha qoʻmitada yangi ochilgan xotin-qizlar bilan ishlash yoʻnalishiga rahbar etib tayinlanib, Qoʻmita raisi oʻrinbosari lavozimida ish boshlagan edi.

 

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva, Prezident maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiq Toshboyev va diniy-maʼrifiy soha tashkilot rahbarlari, qoʻmita xodimlari ishtirok etgan yigʻilishda Dilbar Gʻulomovaning milliy va diniy qadriyatlarimizni tiklash, asrab-avaylash hamda jamiyatda diniy bagʻrikenglik muhitini mustahkamlash borasidagi faoliyati eʼtirof etildi.

 

Tadbir yakunida Gʻulomovaga Qoʻmita raisining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari topshirildi.

 

 

Matluba Qahhorovaga esa Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari sifatidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//