Mehnat qulligidan qochgan ayol Oʻzbekistonga qaytarildi

Saqlash
23:00 / 30.07.2024 404 0

Ombudsmanning Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakiliga fuqaro F.L. aldov yoʻli bilan Rossiyaga ishlashga olib ketilgan singlisini Oʻzbekistonga qaytarib olib kelishda amaliy yordam soʻrab murojaat qildi.

 

Maʼlum boʻlishicha, murojaatchining singlisi F.S. 2024-yilning yanvar oyida fuqaro D.O.ning aldovi bilan Rossiyaga ishlashga ketgan.

 

Musofir yurtga yetib borgach roʻyxatga qoʻyish vaji bilan F.S. pasporti olib qoʻyilgan va 5 oy davomida katta dalada majburlab ishlatilgan.

 

Oradan vaqt oʻtib, F.S. Samara shahriga qochishga muvaffaq boʻlgan, ammo vataniga qaytib kelishga imkon topolmagan.

 

Mazkur murojaat darhol Ombudsman nazoratiga olinib, holat Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Respublika “Istiqbolli avlod” nodavlat notijorat tashkiloti Jizzax viloyat boʻlimi bilan hamkorlikda oʻrganilgan.

 

Natijada, fuqaro F.S. joriy yilning 27-iyul kuni Oʻzbekistonga qaytarib olib kelingan.

 

“Hozirda u oilasi bagʻrida”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//