Jamiyat
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda fargʻonalik oʻqituvchining koʻchma kutubxona tashkil qilib, maktab va xonadonlar, jamoat joylarida kitob ulashayotgani haqida video tarqalgandi.
Ayni kunda Buvayda tumanining eng chekka qishloqlaridan biri – “Yangi hayot” MFYdagi maktabda direktor boʻlib faoliyat yuritayotgan Nargiza Oʻrinovaning koʻchma kutubxona gʻoyasi mahalla va maktab uchun moʻjazgina kutubxona qurilishiga ham sabab boʻlgan. Quvonarlisi, pedagog shaxsiy skuterida mahallada kitob ulashishni odat qilgan.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov ushbu kutubxonada boʻlib, fidoyi ustoz bilan suhbat qurdi.
“Biz bu kutubxonani zamonaviy texnikalar, kitoblar bilan toʻldirishga yordam beramiz. Nafaqat kitob, balki, asar asosida olingan filmlarni koʻrish imkoniyatini ham beradigan sharoit yaratishga kelishib oldik”, – deydi Otabek Hasanov.
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112429
Jamiyat
95089
Jamiyat
91307
Jamiyat
76007
Jamiyat
//
Izoh yo‘q