Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqandda tez yordam mashinasi qoplar toʻla piyoz olib ketmoqda” mazmunidagi fotosurat tarqaldi.
Respublika tez tibbiy yordam markazi ushbu holat yuzasidan oʻrganish oʻtkazib, mazkur avtomashina “Tez yordam” xizmatiga tegishli emasligini maʼlum qildi.
Rasmiy munosabatga koʻra, avtoulov tez tibbiy yordam xizmatiga emas, balki Samarqand shahrida faoliyat koʻrsatayotgan xususiy klinikalardan biriga tegishli.
Undan bemorlarni davolash uchun shifo maskaniga olib kelish, yashash manziliga eltib qoʻyish va mobil tibbiy yordam koʻrsatish maqsadlarida foydalanib kelingan.
Klinika vakillarining izohlashicha, ushbu tadbirkorlik subyektiga qarashli xoʻjalik avtomashinasi harakatlanish, yaʼni yuk ortib kelish chogʻida yoʻlda buzilib qolgan. Oqibatda piyozni manzilga yetkazish uchun fotosuratda aks etgan transport vositasidan foydalanishga toʻgʻri kelgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q