Toshbaqaga nos chektirganlar xalqdan uzr soʻradi

Saqlash
15:21 / 30.07.2024 675 0

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar fuqaro Oʻrta Osiyo choʻl toshbaqasiga majburiy ravishda nos chektirgani tasvirlangan videolar tarqaldi va bu jamoatchilik eʼtiroziga sabab boʻldi.

 

Shundan soʻng, holat Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi, viloyat IIB hamda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻrganilgan.

 

Xabarga koʻra, mazkur xatti-harakatlarni Denov tumani “Yangikuch” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar — H.N va M.N. joriy yilning aprel oyi boshida sodir etgan.

 

Oydinlik kiritilishicha, fuqaro H.N. ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasini yuritish uchun mahallasidagi dashtlikdan toshbaqa ushlab, nos chektirgan.

 

Ushbu holat yuzasidan Denov tuman Ichki ishlar boʻlimi tomonidan huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy ish qoʻzgʻatilgan.

 

Shuningdek, ular qilmishidan pushaymonligini bildirib, xalqdan uzr soʻragan.

 

Yakunda H.N va M.N.ning har biriga MjtKning 111-moddasiga asosan BHMning 3 barobari – 1 mln 20 ming soʻm miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//