Jamiyat
Mutaxassislar bola uchun yarim stakan muzqaymoq norma hisoblanishini taʼkidlaydi. Biroq bu hamma yoshdagi bolalar uchun bir xil standart oʻlchov birligi boʻlmasligi lozim. Yaʼni, bolaga koʻpi bilan yarim stakan muzqaymoq kifoya qiladi.
Biroq ayrim ota-onalar farzandining talabi bilan meʼyoridan ortiq muzqaymoq yeyishiga qoʻyib beradi. Bu esa yaxshi emas.
Baʼzi ota-onalar esa farzandiga hatto bir yoshda ham muzqaymoq tatib koʻrishini xohlaydi. Aslida bolaning muzqaymoqni yeyish-yemasligi uning yoshi bilan cheklanmaydi, ammo meʼyor va oʻlchovni unutmaslik lozim.
Xoʻsh, qanday holatlarda bolaga muzqaymoq bermaslik kerak?
Quyida bular sanab oʻtilgan:
▪️ Bir necha hafta davomi etgan kasallanishdan soʻng. Chunki bunday davrda, yaʼni kasallik oʻtgandan soʻng mahalliy immunitet pasayadi. Yuqori nafas yoʻllarini muzlashi yangi infeksiyani yuqtirish xavfini oshiradi.
▪️ Tez-tez OʻRVI va tonzillit(angina) bilan kasallansa. Sababi, sovuq kasallikni takror rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
▪️ Yara kasalligi, surunkali gastroduodenit, oʻt pufagi va oshqozon osti bezi bilan muammolar boʻlsa.
▪️ Tarkibida allergiya chaqiruvchi komponentlar boʻlsa. Ayniqsa hayvon oqsillari.
▪️ Laktoza yetishmovchiligi. Muzqaymoq tarkibida laktoza bor va bunday bolalar laktozani koʻtara olmaydi.
▪️ Qandli diabet. Muzqaymoq tarkibida saxaroza bor va u diabetiklarga mumkin emas.
▪️ Bolalar semizligi. Muzqaymoqning kaloriyasi yuqori boʻladi. Qoʻshimcha vazn yigʻilishiga sabab boʻlishi mumkin.
Material uchun maʼlumotlar pediatr Maqsud Muxtorov kanalidan olindi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q