Qaysi davlat oliygohlari kontrakt narxlarini mustaqil belgilaydi?

Saqlash
16:52 / 29.07.2024 822 0

Prezident qaroriga asosan, moliyaviy mustaqil davlat OTMlari soni 35 tani tashkil etadi.

 

Mazkur roʻyxatdagi davlat oliygohlari 2022-yil 1-yanvaridan boshlab moliyaviy mustaqil boʻlib, kontrakt narxlarini oʻzlari belgilaydi.

 

 

Bundan tashqari, ular quyidagilar boʻyicha mustaqil qaror qabul qila oladi:

▪️ kontrakt qiymatini, toʻlash muddatlarini belgilash va uzaytirish;

 

▪️ mahalliy va xorijiy professor-oʻqituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;

 

▪️ oʻz hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;

 

▪️ xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalarni toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilish;

 

▪️ boʻsh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilash;

 

▪️ avtotransport vositalarining yoʻl bosish yillik limiti va ularga xizmat koʻrsatish talablarini belgilash.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//