Jamiyat
Samarqand viloyatida oʻtkazilayotgan “Maʼnaviyat festivali” dillarga, tillarga shukuh ulashgani rost. Festivalda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari: Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Jamila Shermuhammedova, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Sirojiddin Rauf, Ahtamquli Karimov, Oʻzbek Milliy akademik drama teatr aktyori Farrux Botirov, Oʻzbekiston xalq hofizi Abdunabi Ibrohimov hamda xonanda Dilmurod Otajonovlar ishtirok etishdi.
Pastdargʻom tumanidagi 37-son JIEM, 125-sonli maktab, “Mevali” mahallasidagi ijodiy uchrashuvlar ham koʻtarinki kayfiyatda davom etdi. “Vatan madhi” nomli gala-konsertda hudud aholisi madaniy hordiq chiqargani rost.
“Maʼnaviyat festivali” ijodiy guruhi aʼzolari “Maʼrifat tur” loyihasi doirasida “Imom Buxoriy” Xalqaro ilmiy-tadqiqot markaz muzeyida, “Mehr-saxovat” loyihasi doirasida Payariq tuman markazidagi Reabilitatsiya markazida, “Alisher Navoiy” mahallasida istiqomat qiluvchi xonadonlarda boʻlishdi. Shuningdek, “Yoshlar bogʻi”da “Maʼnaviyat festivali” doirasida “Kinokarvon” loyihasi boʻlib oʻtdi.
Qoʻshrabot tumani “Mayintepa” mahallasida, Narpay tumanidagi “Oʻzbekiston” mahallasida, Kattaqoʻrgʻon tumani “Jumaboy” hamda “Nisbat” mahallalarida aholi bilan uchrashib, muloqot qilindi.
“Narpaytex” MChJga qarashli tikuv korxonasida ishchi xodimlar uchun ijodiy guruh aʼzolari oʻz ijod namunalarini namoyish etishdi.
“Yoshlar bilan uchrashuv” loyihasi doirasida Oqdaryo tumanidagi 32-sonli Sogʻlomlashtirish maktab lageri hamda Tibbiyot birlashmasida boʻlishdi. U yerdagi bemorlar holidan xabar olib, koʻngillariga shodlik ulashish maqsadida samimiy suhbat qurishdi hamda kuy-qoʻshiqlar kuylashdi. Jomboy, Urgut tumanlaridagi madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻzgacha shukuhda davom etdi.
Ayniqsa, “Qaldirgʻoch” yozgi oromgohida oʻtkazilgan festival doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, kitobxonlik targʻiboti, kasblar koʻrgazmasi, boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi, koʻngilochar dasturlar namoyishi, sport bellashuvlari hamda “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlari mehmonlar hamda hudud aholisida oʻzgacha taassurot qoldirdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q