Qadim xalqning navolaridek birdam va bardam – Surxondaryoda “Maʼnaviyat festivali” qanday oʻtmoqda?

Saqlash
15:18 / 26.07.2024 262 0

Surxondaryoda boʻlib oʻtayotgan “Maʼnaviyat festivali”ning dastlabki manzili Shoʻrchi tumani boʻldi. “Ishga marhamat” Monomarkazining filialidagi tadbir, 2-sonli kasb-hunar maktabida “Uch avlod uchrashuvi”, Madaniyat markazidagi ijodiy kecha “Vatan madhi” nomli gala-konsert oʻzgacha shukuhda kechdi.

 

 

 

“Inson qadri” loyihasi doirasida festival ijodiy guruh aʼzolari Boysun tumanidagi “Darband” mahallasida istiqomat qiluvchi Mehrangiz Murtozoqulova hamda “Temirdarvoza” mahallasida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 103 yoshli Shohimardon Xamroyev holidan xabar olishdi.

 

 

Denov tumanida oʻtkazilgan “Uch avlod uchrashuvi” va “Maʼrifat soati” tadbirlarida “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari “Milliy qadriyatlar” loyihasi doirasida tumandagi folklor jamoasi chiqishlari hamda milliy hunarmandchilik namoyishi bilan tanishdilar. Denov tekstil fabrikasida “Oila – maʼnaviyat qoʻrgʻoni” loyihasi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir, “Bogʻi eram” MFYda joylashgan harbiy qismda “Vatan madhi” konsert-dasturi oʻtkazildi. Shuningdek, tumandagi “Ostona” mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyadagi keksalar holidan xabar olindi.

 

 

Qumqoʻrgʻon tumani “Neftchi” mahallasida istiqomat qiluvchi 104 yoshli Xolboy bobo Berdinazarov hamda umr yoʻldoshi Mengnar momo Berdinazarova xonadonida boʻlishdi.

 

 

Festival doirasida Bandixon tumani markaziy shifoxonasida davolanayotgan bemorlar holidan ham xabar olindi.

 

 

Surxondaryo viloyatining eng chekka hududlaridan biri Sariosiyo tumanidagi “Kundai joʻvoz” qishlogʻi viloyat markazidan 250 km, tuman markazidan 150 km uzoqlikda joylashgan. Bu qishloqqa Toʻpalang suv ombori orqali boriladi. Hududda istiqomat qiluvchi aholi davrasidagi samimiy suhbatlar konsert dasturlariga ulanib ketdi.

 

Ijodiy guruh Termiz tumanida istiqomat qiluvchi 7 nafar oʻgʻil-qizlar asrab olgan Toshpoʻlatovlar xonadonida boʻlib, u bilan samimiy suhbat qurdi.

 

 

Surxondaryoda boʻlib oʻtayotgan “Maʼnaviyat festivali” doirasida Jarqoʻrgʻon, Uzun, Qiziriq, Oltinsoy, Angor tumanlaridagi tadbirlarda Vatan, yurt istiqloli, inson qadrini ulugʻlash gʻoyalari bosh mavzuga aylandi, hurlik, adolat, ezgulikni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar kuylandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//