Moskvada oʻzbekistonlik kuryer yigit bola oʻgʻrisini toʻxtatib qoldi

Saqlash
21:43 / 26.07.2024 1179 0

Moskvada kuryer boʻlib ishlaydigan 23 yoshli Muhammadjon Obidov bola oʻgʻrisining toʻxtatib qoldi.

 

Maʼlum boʻlishicha, ertalab shahar xiyobonlarining birida sodir boʻlgan.

 

Nomaʼlum erkak bolasini koʻtarib ketayotgan ayolga tashlangan va goʻdakni uning qoʻlidan tortib olib, voqea joyidan qochishga harakat qilgan.

 

Bu paytda buyurtma olib ketayotgan oʻzbekistonlik yigit voqeaga guvoh boʻlib qolgan va skuterini qoʻyib, oʻgʻrining ortidan yugurgan.

 

Oʻgʻrini tutib olgan Muhammadjon bolani uning qoʻlidan qutqargan va onasiga topshirgan.

 

“Men uning niyati buzuqligini bilib qoldim. Kutilmaganda u bolani onasining qoʻlidan yulib olib, qocha boshladi. Uning ortidan quvdim. U goʻdakni yerga tashladi. Men bolani onasining qoʻliga topshirdim va yana uning (oʻgʻrining) ketidan quvdim. Yetib olgach, uni yiqitdim va yuziga mushtladim. U kechirim soʻradi”, deya hikoya qiladi Muhammadjon.

 

Shuningdek u “agar qoʻlingdan kelsa, odamlarga yordam berishing kerak”, deya qoʻshimcha qilgan.

 

Maʼlum boʻlishicha, bola uloqtirilgan vaqtda jarohatlangan.

 

Oʻgʻri esa oldin ham sudlangan 27 yoshli Aleksey ismli rus fuqarosi boʻlib chiqqan. U hodisa paytida narkotik taʼsirida boʻlgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//