Jamiyat
Sergeli tumanidagi omborda sodir boʻlgan yongʻin vaqtida yengil shikastlangan avtomobillar chegirmali narxlarda sotiladi.
Xabarga koʻra, vakolatli huquq-tartibot idoralari tomonidan rasmiy tergov-surishtiruv ishlari yakunlangandan soʻng, jiddiy shikastlangan avtomobillar (2 dona) utilizatsiya qilish uchun omborga joʻnatilgan.
Yengil zarar yetgan (kuzovning ayrim qismlarida kichik pachoqlanish, tirnalish izlari) avtomobillarning bir qismi esa ajratib olingan.
Shuningdek, taʼmirlanib, sotuvga chiqariladigan BYD'larning ayrimlari XXRdan tashib kelish vaqtida yengil shikastlanishlari boʻlgan avtomobillardir.
“Taʼkidlash joiz, barcha taʼmirlangan avtomobillar ishlab chiqaruvchi tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazildi. Ushbu avtomobillar tizim korxonalarining ichki ehtiyojlari uchun va shuningdek, shu korxonalarning xodimlari oʻrtasida taʼmirlash ishlari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berilgandan soʻng, zavod kafolati saqlangan holda chegirmali narxlarda sotilmoqda”, deyiladi “BYD Uzbekistan Factory” MCHJ QK xabarida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q