Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda 28-iyul kuni Toshkentdagi “Anhor” parkida osmondan lentalar yogʻilishi haqida video tarqaldi.
Maʼlum boʻlishicha, Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan mazkur holat oʻrganilgan.
Xabarga koʻra, belgilangan sanada parkdagi “Amfiteatr”da “lenta-shou” uyushtirilishi, bunda animatorlar tomonidan lentalarni aylantirib, tomosha koʻrsatilishi, shuningdek, “osmondan lentalar yogʻilishi” rejalashtirilgan.
Aynan “lentalar yomgʻiri”ni uyushtirishdan maqsad jamoatchilik eʼtiborni jalb qilish boʻlgan.
Bayram tashkilotchilariga bu kabi shoular atrof-muhitning ifloslanishiga sabab boʻlishi, ekologiya uchun zararli ekanligi tushuntirilgan.
Yakunda “lenta-shou” bekor qilingan. Bundan tashqari, blogerlar tomonidan tarqatilgan videolar oʻchirib tashlangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q