Hozirda nafaqaga chiqqanlarning qanchasi ishlamoqda?

Saqlash
21:22 / 25.07.2024 578 0

Ayni vaqtda rasman ishlayotgan pensionerlarning umumiy soni 584 336 nafar.

 

“Yagona milliy mehnat tizimi”dan olingan maʼlumotlarga koʻra, nafaqaga chiqib ishlayotganlarning katta qismini ayollar tashkil etadi.

 

Jumladan:

▪️ Erkaklar – 235 419 nafar (40,3 foiz);

▪️ Ayollar – 348 917 nafar (59,7 foiz).

 

Shundan sektor boʻyicha taqsimlanishi:

▪️Davlat tashkilotlarida – 245 125 nafar (42 foiz);

▪️Xususiy sektorda – 339 211 nafar (58 foiz).

 

Nafaqaga chiqib, mehnat faoliyatini davom ettirayotganlar eng koʻp boʻlgan TOP-5 hudud:

▪️Toshkent shahri – 99 075 nafar (16,9 foiz);

▪️Toshkent viloyati – 54 758 nafar (9,4 foiz);

▪️Samarqand viloyati – 50 553 nafar (8,6 foiz);

▪️Andijon viloyati – 49 327 nafar (8,4 foiz);

▪️Fargʻona viloyati – 49 059 nafar (8,3 foiz).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//