Jamiyat
Shoirning sheʼrlaridan ruxsatsiz foydalanib kelgan xonanda jarimaga tortildi.
Maʼlum boʻlishicha, murojaatchi Q.Q. (shoir) oʻzining “Otang Bоу”, “Ona qarang zoʻr boʻlib ketdim”, “Onamga yoqmayapsan” nomli sheʼrlaridan ruxsatsiz foydalangan xonanda Q.R. ustidan shikoyat qilgan.
Adliya vazirligi tomonidan mazkur masala oʻrganilganda xonanda Q. R. tomonidan huquq egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda mualliflik haqini toʻlamasdan sheʼrlarni qoʻshiq qilib kuylagani aniqlangan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MjtKning 177(1)-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli tarzda sudga yuborilgan.
Sud hukmiga koʻra, huquqbuzarga nisbatan jarima jazosi tayinlangan.
Maʼlumot uchun, mazkur moddada jarima miqdori BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha etib belgilangan.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109646
Jamiyat
94031
Jamiyat
89796
Jamiyat
72957
Jamiyat
//
Izoh yo‘q