Jamiyat
Kompaniya Mustaqillik bayrami munosabati bilan Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari uchun chegirma va foizsiz muddatli toʻlovlarning yangi shartlarini eʼlon qildi.
Maʼlum boʻlishicha, endi Chevrolet Onix avtomobili uchun 40 foiz oldindan toʻlovni amalga oshirib, avtosalondan darhol olib ketish mumkin. Qolgan summa esa 3 yil davomida 2,9 mln soʻmdan toʻlab boriladi.
Chevrolet Tracker uchun esa boshlangʻich toʻlov – 50 foiz. Qolgan summa oyiga 4,6 mln soʻmdan tushadi. Muddat – 2 yil.
Xabarga koʻra, mazkur turdagi avtomobil modellarini 25 mln soʻmgacha chegirma bilan sotib olish imkoniyati mavjud.
Quyida Chevrolet Tracker modellariga berilayotgan chegirmalar keltirilgan (agar 100 foiz oldindan toʻlov boʻlsa):
▪️ Chevrolet Tracker LS — 15 mln soʻm;
▪️ Chevrolet Tracker LTZ – 20 mln soʻm;
▪️ Chevrolet Tracker Premiyer – 25 mln soʻm;
▪️ Chevrolet Tracker LS PLUS — 5 mln soʻm;
▪️ Chevrolet Tracker LTZ PLUS — 15 mln soʻm;
▪️ Chevrolet Tracker Premiyer PLUS — 20 mln soʻm;
▪️ Chevrolet Tracker Redline — 22 mln soʻm.
“'UzAuto Motors' AJ avtomobillarning kafolat xizmatlarini kengaytirmoqda. Chevrolet Onix va Tracker avtomobillariga faqat rasmiy dilerlarda gazballon asbob-uskunalari, radar detektorlari, videoregistratorlar, signallar va boshqa aksessuarlar oʻrnatilganda ishlab chiqaruvchining kafolati saqlanadi”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q