Bu yil maktab formasi majburiy boʻladimi?

Saqlash
14:52 / 25.07.2024 10053 0

Yangi oʻquv yilidan yagona maktab formasi majburiy boʻlmaydi.

 

Bunga sabab, 2022-yil 19-may kuni esa hukumatning 271-sonli qarori bilan maktab formasi 2024-2025 oʻquv yilidan emas balki, 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab majburiy boʻlishi haqida qaror qabul qilingan edi.

 

Biroq ota-onalar va keng jamoatchilik tomonidan maktab formasining joriy qilinishi turli xil eʼtirozlarga sabab boʻldi.

 

Shundan soʻng jamoatchilikning eʼtirozlari inobatga olinib, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktyabrdagi 558-sonli qarori bilan 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilar uchun tasdiqlangan shakllardagi yagona maktab formasini joriy etish talabi rasman bekor qilindi.

 

Ammo bu degani butunlay yoʻqoldi degani emas. Endilikda yagona maktab formasi bosqichma-bosqich joriy etib boriladi.

 

Taʼkidlash lozim, soʻnggi qabul qilingan qarorda yagona maktab formasi joriy etishning aniq muddati belgilanmagan.

 

Eslatma! “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga muvofiq oʻquvchilarning taʼlim muassasasi ustavida man etilgan libos va qiyofada, jumladan oʻgʻil bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, tor va tanani ochiq koʻrsatuvchi yupqa (harir) kiyimda kelishi hamda boʻyni va barmoqlariga turli xil taqinchoqlar taqishi taqiqlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//