Jamiyat
Endi xorijiy davlatlarda jinoyat sodir etib, ozodlikdan mahrum etish jazosiga tortilgan va jazoni oʻtayotgan fuqarolar qolgan jazo muddatini Oʻzbekistonda davom ettirishi mumkin. Bu boʻyicha tegishli bandlar qonunchilikda belgilab qoʻyilmoqda.
Shu bilan birga, xorijiy davlat hududida aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan yoki ushbu qilmishni sodir etganidan keyin ruhiy kasallikka duchor boʻlgan shaxsga xorijiy davlat sudining unga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburiy choralarni qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori boʻlsa, majburiy davolashni Oʻzbekistonda amalga oshirish uchun qabul qilish mumkinligi belgilanmoqda.
Xabarga koʻra, ushbu yangiliklar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqilgan qonun loyihasida oʻz aksini topgan.
“Qonun loyihasi bilan Jinoyat-protsessual kodeksi xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish, ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun qabul qilish va xorijiy davlatga berish toʻgʻrisidagi alohida bob bilan toʻldirilmoqda. Qonun loyihasining qabul qilinishi xorijdagi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini yanada samarali himoya qilishga, ularning qonuniy huquq va manfaatlariga ziyon yetkazilishining oldini olishga xizmat qiladi”, – deydi Bosh prokurori oʻrinbosari S.Ortiqova.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilingan.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111062
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74538
Jamiyat
//
Izoh yo‘q