Jamiyat
Inson koʻp yillik orzulariga ketma-ket yetishaversa, biroz sarosimaga tushib qolarkan. Oldin ham oʻzim mansub boʻlgan ilm va ijod ahliga nisbatan yomon yashamaganman. Ammo soʻnggi yillardagi shaxsiy hayotimdagi oʻzgarishlarni sanasam, adogʻiga yetmagudekman:
- Yigirma yillik propiska balosidan osongina qutuldim;
- oʻn besh yillar oʻzimga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra paysalga solingan “Alisher Navoiy asarlarida Qurʼon oyatlari va hadislarning badiiy talqini” mavzusida dissertatsiyamni himoya qildim;
- oʻzimizda yettita, xorijda ikkita kitobim chiqdi;
- kitob va maqolalarimga yaxshigina gonorar olishni boshladim;
- Hirot shahrida joylashgan, Hazrat Navoiyning maqbarasini ziyorat qilish baxtiga erishdim;
- davlatimiz Rahbari tashabbusi bilan chop etilgan oʻttiz jildlik “Istiqlol davri navoiyshunosligi” tadqiqotlar majmuasini tayyorlashda qatnashdim;
- tuhmat bilan toʻqqiz yarim yilga qamalib chiqqan doʻstim oqlandi;
- qizim Prezident maktabida oʻqiyapti…
Eng muhimi – olim sifatida, fuqaro sifatida jamiyatda oʻz oʻrnim, oʻz missiyam borligini seza boshladim.
Insoniyat texnokratiya asrida faqat aql bilan ish tutib, qalb atalmish neʼmatni unutmoqda. Hamma narsa manfaatlar asosida qurilayotgan davrda sen yashayotgan mamlakatning rahbari odil va buyuk qalb sohibi boʻlsa, bundan ortiq baxt bormi dunyoda?..
Men Prezidentimizni ilohiylashtirish fikridan mutlaqo yiroqman. Prezidentimiz – haqiqiy Inson. Odamiylik mezonlariga qatʼiy rioya qiladigan, adolat va haqiqatni hayotiy maslagiga aylantirgan Hazrati Inson.
Yurtimizning eng chekka hududdagi notavon va bechora kimsalarga qadar bu Insonning mehri quyoshdek yorugʻlik va harorat bagʻishlaydi.
Dunyoning yetti iqlimida rizq talabida sochilib ketgan vatandoshlarimiz shu Insonning muruvvati va koʻmagi panohida yashamoqda.
Koʻchalarimiz kecha-yu kunduz sokin va oydin, tinch va osoyishta.
Bolalarimiz orzulari poklanib, yiriklashib bormoqda.
Qisqasi, oʻtgan sakkiz yil sakkiz million oʻzbek oilasining har birida yaxshi, yorugʻ kunlari koʻpaygani rost.
Oriflar sultoni Junayd Bagʻdodiy “Umringizda agar bittagina duoyingiz mustajob boʻlgudek boʻlsa, mamlakat sultonini duo qiling. Chunki sultonning ishi oʻnglasa, butun raiyatning hayoti oʻnglanur”, deb nasihat qilgan ekan. Millionlab yurtdoshlarimiz muhtaram Prezidentimizni kecha-yu kunduz duo qiladi. Elning duolari mustajob boʻlmoqda: barcha sohalarda islohotlar mevasini beryapti.
Bugun muhtaram Prezidentimizning tavallud ayyomi. Shu bahonai sabab koʻnglimdagi bir gapni aytsam: halol rizq bilan roʻzgʻor tebratish, ilmiy-ijodiy orzularim roʻyobga chiqishiga sharoit yaratib bergan buyuk Qalb sohibi, odamiylik ilmining akademigi, buyuk Tarix yaratuvchisi, muhtaram Prezidentimizdan umrbod minnatdorman. Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin, Yurtboshim!
Olimjon Davlatov
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q