Polshaliklarni pichoqlashda gumonlangan oʻzbekistonlik jabrlanuvchi ekani maʼlum boʻldi

Saqlash
19:34 / 24.07.2024 515 0

Polshada 2 oʻsmirni pichoqlashida aybdor deya gumon qilingan Oʻzbekiston fuqarosi aslida jabrlanuvchi boʻlib chiqdi.

 

Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasining Polshadagi Elchixonasi maʼlum qildi.

 

Xabarda aytilishicha, xorijiy OAV vositalarida Oʻzbekiston fuqarosi bilan bogʻliq jinoyat yuzasidan tarqalgan maʼlumotlarga oydinlik kiritish hamda hamyurtimizga konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish maqsadida Varshava huquq-targʻibot idoralari bilan muloqot olib borilgan.

 

Aniqlanishicha, internet sahifalarida ayblanuvchi sifatida koʻrsatilgan (1998 yilda tugʻilgan) Oʻzbekiston fuqarosi ovqat yetkazib berish xizmatida ishlab kelgan M.K. boʻlgan.

 

U internetdagi tanishuv sahifalari orqali bir qiz bilan tanishib, firibgarlarning tuzogʻiga tushib qolgan.

 

Voqea Varshava shahridagi Brodnensk bogʻida sodir boʻlgan.

 

Qiz uni talon-taroj qilish maqsadida oʻzining hamyurtlari oldiga olib kelgan va shundan soʻng uni kaltaklashgan.

 

Natijada Oʻzbekiston fuqarosi oʻzini himoya qilishga harakat qilgan.

 

Politsiya maʼlumotiga koʻra, M.K. hozirda jabrlanuvchi sifatida koʻrsatma bermoqda va 24 iyul kuni (bugun) tergovdan soʻng qoʻyib yuboriladi.

 

“Holat Dipvakolatxona nazoratiga olindi”, deyiladi xabarda

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//