Jamiyat
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilingan video boʻyicha deputatlar ham oʻz fikrlarini bildirdi.
Jumladan, spiker oʻrinbosari Odiljon Tojiyev oʻz blogida spiker toʻgʻri qaror qabul qilganini yozadi.
“Aslida yalpi majlisni oʻtkazish bilan bogʻliq Reglamentga koʻra, tanaffus eʼlon qilinishi masalasi ovozga qoʻyilmaydi.
Biroq bugun Raislik qiluvchi deputatlarning fikri, nuqtai nazarini oʻrganish maqsadida soʻrovnoma oʻtkazishga qaror qildi”, deydi u.
Tojiyev “deputatlarning 100 foizi majlis davom ettirilishini qoʻllab-quvvatlaganida, yigʻilish, shubhasiz, davom ettirilgan boʻlardi” deya qatʼiy taʼkidlar ekan, tanaffusni xohlagan deputatlarning talabi inobatga olinganini quyidagicha oqlaydi:
“22 nafar deputat tanaffus eʼlon qilinishini maʼqullab, ovoz berdimi, demak, kamida shuncha vakil qonun loyihalarini sust kayfiyatda koʻrib chiqardi”.
Shuningdek, u tarmoqdagi muhokamalardan ajablanganini bildirgan:
“Tarmoqdagi muhokamalarni oʻqib, tushlikka nima yeganim ham esimdan chiqib ketdi)) Oʻrtoqlar, tushlik qildinglarmi oʻzi? 😉“
“Milliy tiklanish” DP MK raisi Alisher Qodirov ham oʻz blogida bu masalaga izoh yozib oʻtgan.
U ham reglament boʻyicha yalpi majlisga soat 13:00 da tanaffus eʼlon qilinishi kerakligini aytadi.
“Spiker majlisga raislik qiluvchi sifatida, oʻz vakolatidagi huquqni deputatlar bilan maslahatlashishga qaror qildi va bu holatda 1 nafar deputat qarshi boʻlsa-yu, buni asoslasa, fikrni inobatga olish yoki olmaslik Spikerning haqqi hisoblanadi”, deydi u.
Qodirov ham yozgan izohi yakunida jamoatchilikning befarq boʻlmayotganidan xursandligini taʼkidlaydi:
“Bizni kuzatishingiz ishimizni samaraliroq qiladi. Faqat shu shaklda, birgalikda Parlamentni haqiqiy Xalq uyiga aylantirishimiz mumkin”.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q