Jahon
Turkiyaning Qora dengiz qirgʻoqlari boʻyida joylashgan Sinop viloyatida yashovchi Ejevit Oʻkuzju oʻz sevgilisini 24 yildan beri avtobus bekatida kutayotgani maʼlum boʻldi.
U hamon qizning qaytib kelishidan umidvor.
“Oshiq Ejevit” nomi bilan mashhur boʻlgan yigit orzusidagi ayol bilan birinchi marta aynan shu avtobus bekatida uchrashganini aytadi.
Uning soʻzlariga koʻra, bu uchrashuv fojia sodir boʻlgunga qadar muammosiz davom etgan.
“Bu yerda bir qiz bilan tanishdim. Avvaliga yaxshi munosabatda boʻldik. Keyin ajrashdik. Bu yerda bir oycha suhbatlashdik. U menga hech narsa demadi. Taksiga oʻtirdi va joʻnab ketdi. Men doim shu yerdaman. Bu yerdan oʻtayotgan odamlar menga yordam beradi”, deydi u.
Yoshligida Oʻkuzjuga koʻz kasalligi boʻyicha tashxis qoʻyilgan boʻlib, dard asta-sekin kuchaygan va u hozirda koʻrish qobiliyatini yoʻqotgan.
Afsuski oʻtkazilgan muolajalarning hech biri unga yordam bermagan.
Vaqt oʻtishiga qaramay, Ejevit hozir ham sevgilisi bir kun kelib yoʻllari birinchi marta kesishgan avtobus bekatiga qaytib kelishiga ishonadi va u shu umid bilan yashamoqda.
Yigitning ukasidan boshqa hech qanday qarindoshi yoʻq.
Mehr-muruvvatli insonlar uni konteynerli uy bilan taʼminlagan.
Aytishlaricha, Oʻkuzjuni kun boʻyi avtobus bekatida topish mumkin.
Endilikda u sevgilisini kutadigan bekat mahalliy aholi orasida “Oshiq Ejevitning joyi” deb ataladi.
Uni koʻrgani va u bilan suratga tushgani kelayotgan odamlarning soni borgan sari ortib bormoqda, ammo Ejivitning kutgan insoni ular orasida emasligi achinarlidir.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q