Jamiyat
Namangan viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda “Sardorga boʻgʻma ilon tashlandi. Yetimlar xavf ostida qoldi” sarlavhasi ostida tarqalgan, xonadonga piton iloni kirib qolgani aks etgan videoga munosabat bildirdi.
Xabarda aytilishicha, videodagi ilon turi Namangan viloyatidagi davlat hisobiga qoʻyilgan “Kosonsoy dorbozlari” nomli xususiy hayvonot bogʻiga tegishli. Hayvonot bogʻi direktorining taʼkidlashicha, 2024-yilning 19-iyul kuni ilon video olish uchun olib ketilgan va koʻp oʻtmay qaytarib berilgan. Ushbu ilon sunʼiy boqilishi natijasida odamlarga oʻrgatilgan, hech kimga hech qanday zarar yetkazmagan.
Boshqarma, Ekologiya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilgani, unda yovvoyi hayvonlardan sirk tomoshalarida foydalanish, jamoat joylarida olib yurish va sayr qildirish, maxsus qafassiz boshqa joylarga tashish, hayvonlardan foydalangan holda foto va video tasvirlarga tushirish, telekoʻrsatuvlarda va boshqa tadbirlarda hayvonlarni namoyish etish maqsadida olib borish yoki boshqa shaxslarga foydalanishga berish, shuningdek, sotish, sovgʻa qilishni taqiqlash koʻzda tutilgani eslatgan.
Oldinroq Sardor Rahimxon o‘z Instagram sahifasida videodagi ilon tropik mamlakatlarda uchrashi, O‘zbekistonda, ayniqsa, aholi yashash joylarida uchramasligini ta’kidlagan, videotasvir uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligini aytgan odamlarni fitnadan uzoq bo‘lishga chaqirib, ularni trollar, yasama akkauntlar, zolimlar deb atagandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q