Jamiyat
Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqida Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Tolibjon Madumarov maʼlum qilgan.
“Bunday vositlar avvallari bayram arafasida ishlatilgani kuzatilgan boʻlsa, endilikda tugʻilgan kunlarda, toʻylarda ishlatilish holatlariga duch kelinmoqda”, degan u yigʻilish davomida.
Maʼlumot uchun, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning amaldagi 185 prim 1-moddasi koʻra, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki oʻtkazish bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan (1 million 7 million soʻm) yigirma baravarigacha (6 million 800 ming soʻm) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Shu bilan birga, qoʻlga olingan huquqbuzarlik ashyolari ham musodara qilinadi.
Endilikda esa Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksga kiritilayotgan oʻzgartirishga asosan jarimalar miqdori oshiriladi.
Jumladan:
▪️ pirotexnika buyumlari ishlatganlik uchun — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan (1 million 7 million soʻm) yigirma besh baravarigacha (8 million 500 ming soʻm) miqdorda;
▪️ pirotexnika buyumlari savdosi bilan shugʻullangani uchun — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan (5 million 100 ming soʻm) oʻttiz baravarigacha (10 million 200 ming soʻm) miqdorida;
▪️ respublikaga olib kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki oʻtkazish— bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan (10 million 200 ming soʻm) ellik baravarigacha (17 million soʻm) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Qoʻshimcha qilinishicha, endi pirotexnika muomalasi bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklarni aniqlash ichki ishlar organlariga, yaʼni profilaktika inspektorlariga yuklatilmoqda.
Maʼlumot uchun, oldin bu kabi tartibbuzarliklar boʻyicha Milliy gvardiya xodimlari tomonidan chora koʻrilar edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q