Jamiyat
Germaniya oʻzbekistonliklarga tibbiyot sohasi boʻyicha ish va oʻqish joylari taklif qilmoqda.
Jumladan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyadagi hamkor tashkilot tomonidan quyidagi talablarga mos keluvchi fuqarolar ishga taklif qilinadi:
Talablar:
▪️ oʻrta boʻgʻin tibbiyot hamshirasi diplomiga ega;
▪️ nemis tilini kamida B1 darajada bilish;
▪️ kamida 1 yillik mehnat staji;
▪️ 18-45 yosh.
Afzalliklari:
◻️ ish haqi 2300-2700 yevro (brutto);
◻️ haftada 5 ish kuni;
◻️ yashash joyi topishga koʻmak;
◻️ tibbiy sugʻurta;
◻️ bajarilgan ish hajmiga qarab turli bonuslar.
Shuningdek, tibbiyot sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun Ausbildung:
▪️ tibbiyot va keksalarni parvarishlash sohasiga qiziqish;
▪️ 11 yillik taʼlimni yakunlagan boʻlish;
▪️ nemis tilini B2 darajada bilish;
▪️ 3 yillik kasbiy taʼlimni yakunlab, belgilangan klinikada ishlash majburiyatini olish;
▪️ yosh chegarasi 16-35 yosh.
Afzalliklari:
◻️ stipendiya 1100-1400 yevro (brutto);
◻️ haftada 6 kun oʻqish va amaliyot;
◻️ yashash joyi topishga koʻmak;
◻️ tibbiy sugʻurta;
◻️ kasbiy taʼlimdan keyin kafolatlangan ish joyi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q