Yangi milliy turizm brendi yaratiladi

Saqlash
16:45 / 23.07.2024 545 0

Prezident Farmoni bilan yangi milliy turizm brendi yaratiladi.

 

Bunda maqsad – Oʻzbekistonning turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targʻib qilish, sayohat va dam olish uchun xavfsiz mamlakat sifatidagi imijini yanada mustahkamlash.

 

Bunda Turizm qoʻmitasiga bir qator majburiyatlar yuklatiladi.

 

Jumladan:

▪️ 2024-yil 1-oktyabrgacha yangi milliy turizm brendini yaratish uchun tanlov oʻtkazadi;

 

▪️ 2024-yil Xalqaro turizm kuni doirasida birinchi global sayyohlik mediakampusini tashkil qiladi;

 

▪️ 2024–2025-yillarda auditoriyasi 10 milliondan ortiq boʻlgan 50 nafargacha xorijiy jurnalist, bloger, vloger va inflyuenserlarni jalb qiladi.

 

Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan kamida 100 nafar xorijiy ishtirokchisi boʻlgan biznes tadbirlarni Oʻzbekiston hududida tashkil qilgan tadbirkorlar 2028-yil 1-yanvargacha foyda soligʻi boʻyicha imtiyozga ega boʻladi. Biroq ular tashkil etadigan tadbir 3 kundan kam boʻlmasligi lozim.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//