Fud-bloger jonli efir vaqti ovqatdan boʻkib, vafot etdi

Saqlash
22:57 / 22.07.2024 968 0

Mukbang, yaʼni kamera qarshisida ovqatlanish yoʻnalishi boʻyicha blog yuritib, mashhur boʻlgan Pan Syaotin navbatdagi jonli efiri vaqtida vafot edi.

 

Maʼlum boʻlishicha, 24 yoshli blogerning oshqozoni hazm boʻlmagan ovqatga toʻlib ketgan va natijada u boʻkib qolgan.

 

Qiz blog yuritish asnosida muntazam bir vaqtda 10 kilogrammdan ortiq ovqat isteʼmol qilib kelgan. Uning aynan bunday ijodni boshlashiga dugonasi asosiy sababchi boʻlgan. Yaʼni Syaotin dugonasining mana shunday yoʻnalishda videolar olib, moʻmay pul ishlayotganiga qiziqib qolgan va oʻz “ijod”ini boshlagan.

 

Bora-bora u mashhurlikka erishgan. Uni kuzatuvchilarning soni ortib borgan. Natijada, bloger qiz oʻz muxlislarini yoʻqotib qoʻymaslik uchun yanada koʻp “ishlay boshlagan”. U jonli efir vaqtini uzaytirgan va muntazam ovqatlanishni davom ettirgan.

 

Xabarga koʻra, u kuniga 10 soatlab ana shunday videolar olgan. Achinarlisi, qiz bu vaqt mobaynida oshqozoniga dam bermagan.

 

Blogerning ota-onasi va yaqinlari uning sogʻligidan xavotirda ekanligini bildirishgan, biroq qiz ularning gapiga eʼtibor qilmagan.

 

Oshqozon-ichak muammosi yuz bergan ilk holatlarda ham qiz faoliyatini yakunlashni xayoliga keltirmagan. Garchi oshqozon-ichakdan qon ketishi sababli kasalxonaga yotqizilgan boʻlsa-da, keyinchalik yana video olib, ovqat yeyishni davom ettirgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//