4 ta viloyat boʻyicha sel xavfi eʼlon qilindi

Saqlash
21:07 / 22.07.2024 592 0

Joriy yilning 23–26-iyul kunlari Oʻzbekistonning ayrim hududlarida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda.

 

Shuni inobatga olgan holda, 4 ta viloyatda sel xavfi eʼlon qilindi.

 

Jumladan:

▪️ Toshkent viloyatiOhangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

▪️ Namangan viloyatiPop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon;

▪️ Fargʻona viloyati Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;

▪️ Andijon viloyatiAndijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

Shuningdek, togʻ oldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilar ham kuzatilish ehtimoli bor boʻlgan tabiiy ofatdan ogohlantirilmoqda.

 

Bundan tashqari, xabarda Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi hududi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi mumkinligi aytiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//