Uch avlod uchrashuvi, kinokarvon va gala-konsert dasturi — “Maʼnaviyat festivali” davom etadi

Saqlash
16:24 / 22.07.2024 460 0

“Biz bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — vatanmiz!” shiori ostidagi maʼnaviyat festivali mamlakat aholisiga ziyo ulashishda davom etadi!

 

 

Xabaringiz bor, mamlakatimiz Mustaqilligining 33 yilligi arafasida mamlakatning turli hududlarida — Qoraqalpogʻiston respublikasi va boshqa viloyatlar boʻylab Maʼnaviyat festivallari oʻtkazib kelinmoqda.

 

 

Shoir va yozuvchilar, olim, sanʼatkor va “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolaridan iborat Ma'naviyat karvonining navbatdagi manzili — Fargʻona, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari boʻldi.

 

 

Festival dasturidan uch avlod uchrashuvi, kinokarvon, maʼnaviyat va maʼrifat soatlari, inson qadri, maʼrifatli oila, milliy birdamlik kabi loyihalar va kechki konsert dasturlari oʻrin olgan.

 

 

 "Inson qadri" loyihasida ijodiy guruhi a'zolari Surxondaryo viloyati Boysun tumani "Temirdarvoza" mahallasida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchi 103 yoshli Shohimardon Xamroyev holidan xabar oldi.

 

 

“Maʼnaviyat festivali” doirasida oʻtkazilayotgan barcha loyihalar mahalliy aholining koʻtarinki kayfiyatiga sabab boʻlmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//