
Jamiyat
Yaponiya oʻzbekistonliklarga qurilish sohasida ish taklif qilmoqda
Bunda ish oʻrinlari Tokuteigino 1-go (maxsus malakali ishchi) dasturi boʻyicha taklif qilinadi.
Maʼlum boʻlishicha, talabgorlardan sh tajribasi talab etilmaydi.
Qoʻyiladigan talablar:
▪️ Yapon tilidan JLPT N4 yoki JFT Basic A2 daraja sertifikati mavjud;
▪️ Maxsus malaka 1-toifa qurilish sohasi boʻyicha malakani baholash sertifikati mavjud;
▪️ 18-35 yoshgacha boʻlgan erkaklar;
Maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan;
▪️ Sogʻlom va sudlanmagan;
▪️ Kamida 3 yillik mehnat shartnomasi asosida ishlashga tayyor.
Bunda oylik maosh 220 000 — 235 000 iyena – taxminan 17 — 19 mln soʻm.
Shundan ushlab qolinishlar:
◻️ chegirma va ushlanmalar uchun jami 37 266 iyena (taxminan 3 mln soʻm);
◻️ Soliq — 4,550 iyena (taxminan 360 ming soʻm);
◻️ Ijtimoiy sugʻurta, mehnat sugʻurtasi — 32 716 iyena (taxminan 2 mln 600 ming soʻm).
Shu hisobda, sof toʻlanadigan oylik 11-13 mln soʻmga toʻgʻri keladi.
Bundan tashqari, qoʻshimcha ish soatlari uchun alohida ustama haq toʻlanadi.
Ish beruvchi tomonidan qoplanadigan xarajatlar:
➖ Oʻzbekistondan Yaponiyagacha boʻlgan aviachipta yoʻl kira haqi;
➖ Aeroportdan kutib olib yashash joyigacha kuzatib borish.
Maʼlumot uchun, agar nomzodlarda talablarda koʻrsatilgan sertifikatlar mavjud boʻlmasa “TOKAI STUDY” mazkur sertifikatlarga tayyorlanadi.
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q