Jamiyat
Sirdaryo viloyatida sotuvchi QR-kodli chek soʻragan 12 yoshli bolaning yuziga tarsaki urdi.
Maʼlum boʻlishicha, voqea Guliston shahridagi doʻkonlardan birida sodir boʻlgan.
Bolaning onasi 20-iyul kuni Bolalar ombudsmaniga murojaat qilib, farzandi (2011-yilda tugʻilgan) Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi doʻkonda xarid cheki (QR-kodli chek) soʻragani uchun sotuvchi bolani haqoratlab, bir necha bor uning yuziga urganini bildirgan va sotuvchiga qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Bolalar ombudsmanining xabariga koʻra, holat oʻrganilgan va yakunda Guliston shahridagi savdo doʻkoni sotuvchisi Z.A. (erkak kishi) jamoat joyida soʻkinib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan harakat qilgani aniqlangan.
Mazkur shaxsga nisbatan MJtKning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan maʼmuriy javobgarlikka oid ish qoʻzgʻatilib, hozirda ish hujjatlari jinoyat ishlari boʻyicha Guliston shahar sudiga yuborilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q