Jamiyat
Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Ma’lumki, 1937–1953-yillarda mustabid tuzum tomonidan 100 mingdan ziyod xalqimiz vakillari qatag‘on siyosatining qurboni bo‘lgan. Bu yurtdoshlarimizning 13 ming nafari otib tashlangan, minglab kishilar nohaq quloq qilingan, surgunlarga jo‘natilgan. Ular orasida atoqli davlat va siyosat arboblari, ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilar, diniy ulamolar, harbiy soha va sud-huquq tizimi xodimlari, ishchi-dehqonlar va ularning oila a’zolari bo‘lgan.
Vatanimizning milliy istiqloli, xalqimiz ozodligi uchun kurashib, shu yo‘lda jonini fido etgan, siyosiy qatag‘on qurbonlari bo‘lgan ota-bobolarimizning hayoti va faoliyatini atroflicha o‘rganish va tadqiq etish, ularning nomlari va xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha keyingi yillarda yurtimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 2021–2024-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 1 ming 200 dan ziyod siyosiy qatag‘on qyrbonlarining nomlari oqlanganini alohida qayd etish lozim.
Hozirgi murakkab va tahlikali davrda mustaqilligimizni har tomonlama mustahkamlash, tariximizning noma’lum sahifalarini tiklash va ilmiy nuqtai nazardan chuqur o‘rganish, inson, uning huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida e’tirof etish, shu asosda yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlodning Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usini, fuqarolik pozisiyasini kuchaytirish, ularni bugungi tinch, erkin va ozod hayotning qadriga yetish ruhida tarbiyalash maqsadida:
1. Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini o‘rganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda – Respublika komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
- qatag‘on qyrboni bo‘lgan shaxslarning hayoti va faoliyatini o‘rganish, ularni nomma-nom aniqlash, tarixiy xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni, arxiv va muzeylar, kutubxonalar va turli fondlarda saqlanayotgan hujjatlarni to‘plash va tadqiq etish, ommalashtirish uchun ishchi guruhlar faoliyatini tashkil etish;
- qatag‘on qurbonlarining avlodlari va yaqinlari, o‘sha davr voqealariga guvoh bo‘lgan insonlarning xotiralarini yozib olish, oilaviy arxiv va kutubxonalarda saqlanayotgan tarixiy manbalarni, noyob suratlarni to‘plash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
- Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, uning hududlardagi bo‘limlari hamda Jadidlar merosi davlat muzeyining mavzuga doir ma’lumotlar, ashyoviy dalil va hujjatlar, boshqa tegishli eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitib borilishini ta’minlash;
- qatag‘on qilingan yurtdoshlarimiz haqidagi tarixiy haqiqatni tiklash va kelgusi avlodlarga yetkazish maqsadida ko‘p jildlik “Qatag‘on qurbonlari” kitobini chop etish hamda ularning nomlarini Toshkent shahridagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida barpo etiladigan ramziy kitob sahifalariga kiritish ishlarini davom ettirish;
- chet eldagi turli fondlar, arxiv, muzey, kutubxona va boshqa ilmiy-ma’rifiy muassasalar hamda tegishli mutaxassislar bilan hamkorlik o‘rnatgan holda, mavzuga oid ilmiy ekspedisiyalar tashkil etish;
- yosh avlodni Vatanimiz ozodligi yo‘lida jonini fido qilgan buyuk ajdodlarimiz xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning jasorati va ibratli faoliyatini targ‘ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yo‘lga qo‘yish.
- Respublika komissiyasining ishchi organi etib Mudofaa vazirligining umumiy rahbarligida Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Mudofaa va harbiy xavfsizlik muammolarini o‘rganish instituti, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, “Shon-sharaf” davlat muzeyi mas’ul xodimlari va yetakchi mutaxassislaridan iborat guruh belgilansin.
3. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining har yili oktyabr oyining birinchi haftasini mamlakatimizda Siyosiy qatag‘onqurbonlarini yod etish haftaligi sifatida nishonlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Respublika komissiyasi Qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligini munosib darajada o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va ularning amalga oshirilishini ta’minlasin.
4. Qatag‘on qyrbonlari, jumladan, jadidlik harakati namoyandalarining ibratli hayoti va faoliyatini xalqimiz, ayniqsa, yoshlar orasida yanada keng targ‘ib etish maqsadida:
- “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi xalqimizning mustaqillikka erishish yo‘lidagi ko‘p asrlik mardona kurashi, bu yo‘lda ciyosiy qatag‘onga uchragan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyati hamda ularning xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari, davra suhbatlari, ta’lim muassasalari va mahallalarda uch avlod uchrashuvlarini tashkil etib borsin;
- Madaniyat vazirligi davlat buyurtmasi asosida spektakllar, badiiy va hujjatli filmlar yaratsin;
- Yoshlar ishlari agentligi audiovizual mahsulotlar tayyorlab, ularni internet tarmog‘ida ommalashtirsin, shuningdek, foydalanuvchilar o‘rtasida tyrli tanlov, musobaqa va aksiyalar o‘tkazsin;
- Fanlar akademiyasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda Fanlar akademiyasi Tarix institutining “Jadidlar.uz” elektron platformasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish va platformani yangi elektron adabiyotlar, tarixiy manbalar, jadid matbuoti namunalari va audiovizual mahsulotlar bilan boyitish choralarini ko‘rsin;
- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan “Mustaqillik darslari” doirasida qatag‘on qyrbonlari, jumladan, jadidlik harakati namoyandalariga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etsin;
- Turizm qo‘mitasi qatag‘on qurbonlarining nomlari bilan bog‘liq muzey va ob’yektlarni sayyohlik yo‘nalishlariga kiritish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi bilan birgalikda Respublika komissiyasining qarori asosida:
- qatag‘on qyrbonlari va jadidlik harakati vakillari bo‘lgan shaxslar tug‘ilib o‘sgan, yashagan xonadonlarni aniqlasin va ularda esdalik lavhalarini o‘rnatsin;
- mahallalarda va umumta’lim maktablarida tegishli tarzda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi burchaklari”ni, stendlar va boshqa ko‘rgazmali vositalarni tashkil etsin;
- Mazkur bandda belgilangan vazifalar mahalliy byudjetlar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
6. Qatag‘on qyrbonlari, jumladan, jadidlik harakati namoyandalarining hayoti va faoliyati, ilmiy-ijodiy merosi, shuningdek, o‘sha davrdagi siyosiy-ijtimoiy jarayonlar bo‘yicha tadqiqotlar olib borishmaqsadida:
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mavzuga oid ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasining tanlovlar asosida shakllantirilishi hamda ilmiy loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlasin;
- Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, “O‘zarxiv” agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi qatag‘on qyrbonlari va jadidlik harakati namoyandalarining ilmiy-ijodiy faoliyatiga tegishli nodir kitoblar, qo‘lyozma asarlar, tarixiy hujjatlar va boshqa materiallarni ta’mirlasin hamda raqamlashtirsin;
- “O‘zarxiv” agentligi Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda davlat arxivlarida saqlanayotgan qatag‘on qyrbonlari va jadidlik harakati namoyandalariga oid muayyan arxiv hujjatlarini belgilangan tartibda maxfiylikdan chiqarish choralarini ko‘rsin;
- vazirlik va idoralar qatag‘on qyrbonlari va jadidlik harakati namoyandalarining nomlarini aniqlash borasida izlanishlar olib borish uchun Respublika komissiyasi tavsiyasiga asosan, tegishli idoraviy arxivlardan foydalanish imkoniyatini yaratsin;
- Tashqi ishlar vazirligi qatag‘on qyrbonlarining hayoti va faoliyatiga doir chet ellardagi mavjud manbalarni izlab topish va o‘rganishda xorijdagi ilmiy-tadqiqot markazlari, nufuzli universitet va fondlar hamda soha mutaxassislari bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda amaliy yordam ko‘rsatsin.
7. Madaniy meros agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shaxsiy va oilaviy arxivlarda saqlab kelinayotgan qatag‘on qyrbonlari faoliyatiga bevosita daxldor bo‘lgan qo‘lyozma, kitob, surat va buyum shaklidagi tarixiy-madaniy ashyolarning davlat muzeylari fondlariga qabul qilib olinishini tashkil etsin.
8. Qatag‘on qyrbonlari xotirasi davlat muzeyi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va uning hududlardagi bo‘limlari fondlarini muntazam boyitib borish, ularda yangi ekspozisiya va ko‘rgazmalar tashkil etish hamda bu borada zamonaviy raqamli texnologiyalar va multimedia vositalaridan keng foydalanishni yo‘lga qo‘ysin.
9. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratyra, Bojxona qo‘mitasi ushbu qaror bilan belgilangan vazifalarni bajarishda daxldor vazirlik, idora va tashkilotlarga har tomonlama yordam ko‘rsatilishini ta’minlasin.
10. Adliya vazirligi Bosh prokuratyra, Davlat xavfsizlik xizmati, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Fanlar akademiyasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda mustabid tuzum davrida siyosiy qatag‘onga uchragan shaxslarni reabilitatsiya qilish tartibini nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin.
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
2025-yildan boshlab qatag‘on qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalariga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazish, “Qatag‘on qurbonlari” xotira kitoblarini, kitob va albomlar, yo‘l ko‘rsatkichlarini tayyorlash, shuningdek, ko‘rgazmalar tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda inobatga olsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining tuzilmasini takomillashtirish, jumladan, uning tarkibida multimedia, nashriyot va matbaa bo‘linmalarini tashkil etish hamda muzey va uning hududiy bo‘limlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
12. Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimizning hayotiva faoliyatini o‘rganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
13. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyati, ularning ilmiy-ijodiy merosining mohiyati va tarbiyaviy ahamiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni keng yoritish, mavzuga oid teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarni muntazam efirga uzatish hamda matbuot nashrlari va internet sahifalarida maqolalar e’lon qilib borish tavsiya etilsin.
14. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Ushbu qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q