Jamiyat
Ayollar kamroq gapirsa, tushkunlikka tushib qoladi. Bu esa depressiyaga olib kelishi mumkin.
Ekspertlarning fikricha, har bir ayolning ochiq gaplasha oladigan kamida bitta odami boʻlishi shart. Aynan doim oʻz gʻam-tashvishini gapirib yuradigan ayollar boshqalarga qaraganda kamroq depressiya tushar ekan.
Agar ishonchli gaplashadigani boʻlmasa, ayolda surunkali charchoq kuzatilish mumkin.
Baʼzi ekspertlar ayollarning munosabatga boʻlgan ehtiyojini qaramlik deb baholaydi va ularga mustaqil boʻlish kerakligini taʼkidlaydi. Biroq ayollar tabiatan hamkorlikka moyilroq.
Bogʻchadagi bolalarni kuzatgan tadqiqotchilar shunday xulosa qiladi: qizlar bogʻcha yoshidanoq oʻgʻil bolalarga qaraganda narsalarni baham koʻrishga tayyor boʻladi.
Yana shu narsa maʼlum boʻladiki, qizlar bolalikdan oʻz suhbatdoshining fikri bilan qiziqadi. Ular buyruq berishdan koʻra taklif berishni afzal biladi. Oʻgʻil bolalar esa koʻproq mustaqillikka intiladi. Ular oʻzlarining “men”ini himoya qilib boradi.
Ulgʻayganda esa ayollar erkaklarga qaraganda qiyinchilikka duch keladi. Sababi, erkaklar yoshligidan oʻrgangan “mustaqillik” xislati bilan jamiyatga aralashib keta oladi, biroq ayollarda bunday narsa boʻlmaydi.
Real hayotdagi murosasizlik ularda yoʻq boʻlgan xislatlarni talab qila boshlaydi.
Jamiyatda yolgʻizlanish va mustaqillik mehrdan koʻra koʻproq qadrlanganligi sababli ayollarning moslashishi qiyin kechadi.
Shu sababli ayollar oʻz sirlarini kimgadir aytib turishi tavsiya etiladi. Mustaqil boʻlish va yolgʻizlanish immuniteti boʻlmagani sababli ayollar erkaklarga qaraganda maslahat berib turadigan hamda dardlashadigan suhbatdoshga koʻproq muhtoj boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q