Jamiyat
“Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi joriy yilning 20-iyun sanasidan “FREEZE” xizmatini test rejimida ishga tushirganini maʼlum qildi.
Mazkur xizmat jismoniy shaxslar oʻzlariga tegishli boʻlgan kredit tarixini “muzlatib” qoʻyishi mumkin.
Yaʼni, kredit beradigan tomon qarz berishdan oldin foydalanuvchining kredit tarixini “KATM” Kredit byurosidan oladi. Bunda agar kredit tarixi salbiy boʻlsa, qarz berilmasligi mumkin.
“FREEZE” xizmati esa aynan qarz beruvchi tomonlarning kredit tarixi maʼlumotlariga kira olmasligini taʼminlaydi. Yaʼni, xizmat orqali jismoniy shaxslar oʻz kredit tarixini nazorat qilib boradi.
Ushbu xizmatdan dastlab bepul foydalanish mumkin.
Biroq 2025-yil 1-yanvardan xizmat pullik boʻladi (BHMning 0,03 barobari miqdorida).
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q