Jamiyat
Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qonun loyihasi eʼlon qilindi.
Jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan hujjatga binoan, endi 18 yoshga toʻlmagan yigit va qizlarni unashtirish marosimlarini oʻtkazish taqiqlanishi mumkin.
Agar nikohga kiruvchilar homiladorlik, bola tugʻilishi, voyaga yetmagan shaxsning toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilingani (emansipatsiya) yuzasidan ariza berilsa, nikoh davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini koʻpi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin.
Shuningdek, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi darajadagi yon shajara boʻyicha qarindoshlar oʻrtasida nikoh tuzish qonun boʻyicha javobgarlikka tortilishga asos boʻladi. Biroq tibbiy genetik tekshiruvlar natijasi ijobiy boʻlgan hollarda qarindoshlar oʻrtasidagi nikohga ruxsat beriladi.
Tibbiy koʻrikdan oʻtish tartibini buzgan shaxslar esa qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Bundan tashqari, mazkur qonun loyihasi bilan taqiqlangan tartib va intizomlarga boʻysunmaganlarga maʼmuriy jazo kuchaytirilishi mumkin.
Yaʼni:
▪️ nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishadigan tomon BHMning 10 barobaridan 15 barobarigacha jarima toʻlaydi;
▪️ ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi;
▪️ nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar oʻrtasida, shu jumladan, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga olib keladi;
▪️ qonunda oʻrnatilgan nikoh tuzish va rasmiylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan tartib va shartlarni buzgan shaxslarga BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q