Jamiyat
Bugun, 19-iyul kuni “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevga sud hukmi oʻqildi.
Maʼlum boʻlishicha, u Jinoyat kodeksining qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.
Maʼlumot oʻrnida, Baxtiyor Qudratullayev 2023-yil 3-dekabr kuni huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qoʻlga olingan edi.
53 yoshli Qudratullayev Jinoyat kodeksining quyidagi moddalarida ayblanayotgan edi:
▪️ 104-modda 3-qism “g” bandi (uyushgan guruh aʼzosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish / 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
▪️ 109-modda 2-qismi (sogʻliqning qisqa vaqt, yaʼni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan koʻp boʻlmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqotilishiga sabab boʻlgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish / BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
▪️ 138-modda 1-qismi (birovni zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish / BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
▪️ 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
▪️ 168-modda 4-qismi “a” va “v” bandlari (firibgarlik / BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
▪️ 228-modda 2-qismi “a”, “b” bandlari (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish / 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
▪️ 228-modda 3-qismi (hujjatning qalbaki ekanini bila turib, undan foydalanish / BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
▪️ 242-modda 1-qismi (jinoiy uyushma tashkil etish, yaʼni jinoiy uyushma yoxud uning boʻlinmalarini tuzish yoki unga rahbarlik qilish, shuningdek, ularning mavjud boʻlishi va ishlab turishini taʼminlashga qaratilgan faoliyat / 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
▪️ 243-modda (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish / 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
▪️ 276-modda 2-qismi “a” va “b” bandlari (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki joʻnatish / 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
▪️ 277-modda 2-qismi “b” va “v” bandlari (bezorilik / 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi).
Daryo xabariga koʻra, iyun boshlarida boʻlib oʻtgan sud majlisida Baxtiyor Qudratullayev oʻziga qoʻyilgan ayblovlarga iqror emasligini bildirgan. Shuningdek, u Oʻzbekistonda “koʻcha”ni nazorat qilishni unga davlat tashkiloti ishonib topshirganini aytgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q