Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston mustaqilligining 33-yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir qarorni imzoladi

Saqlash
13:22 / 19.07.2024 1065 0

Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi tasdiqlandi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkaziladigan asosiy bayram tadbirlarining dasturlarini tayyorlashga yuqori professional mahorat hamda tajribaga ega boʻlgan ssenariychi va rejissyorlar, shoir va adiblar, bastakor hamda baletmeysterlar, sahna rassomlari, maqom va baxshichilik sanʼati vakillari, isteʼdodli yosh ijrochilardan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etiladi.

 

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda bir hafta muddatda Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga bagʻishlab oʻtkaziladigan teatrlashtirilgan konsert tomoshasining dasturi va ssenariysini ishlab chiqadi hamda uni yuksak gʻoyaviy-badiiy saviyada tayyorlash choralarini koʻradi.

 

Badiiy akademiya, Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar uyushmasi bilan birgalikda “Ona diyor – ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulugʻ, eng aziz” kabi anʼanaviy koʻrik-tanlovlarni yuqori darajada oʻtkazishni taʼminlashi belgilandi.

 

Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda yurtimiz istiqlolini tarannum etuvchi eng yaxshi qoʻshiq va musiqa asarlari tanlovlarining yakuniy bosqichini oʻtkazadi.

 

Tanlovlarning gʻolib va sovrindorlarini Mustaqillik bayrami arafasida eʼlon qilinib, tantanali ravishda taqdirlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//