Jamiyat
19-20-iyul kunlari boʻlib oʻtadigan “Qirgʻiz kino kunlari” doirasida qirgʻiz kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan bir nechta filmlari namoyish etiladi.
2024-yil 19-20-iyul kunlari boʼlib oʼtadigan “Qirgʻiz kino kunlari” doirasida qirgʼiz kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Sovgʻa”, “Osmon bolalari”, “Daraxt qoʻshigʻi” filmlari ham namoyish etiladi. Shuningdek, Qirgʻiziston Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi huzuridagi Kinematografiya departamenti direktori Akjoltoy Bekbolotov, departament bosh mutaxassisi Aysulu Subanaliyeva, “Qirgʻizfilm” Milliy kinostudiyasi direktori Aida Usonova, “Daraxt qoʻshigʻi” filmi rejissyori Oybek Dayirbekov, Qirgʻiziston Kinematograflar uyushmasi raisi Talay Kulmendeev, Qirgʻiziston xalq artisti, rejissyor Nurlan Abdiqodirovlarning tashrifi ham kutilmoqda.
Kinematografiya agentligi barcha kinoixlosmandlarni “Qirgʻiz kino kunlari” tadbirlariga taklif etgan.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111062
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74538
Jamiyat
//
Izoh yo‘q