Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar.
Jumladan, Fargʻona va Namangan viloyatlarida umumiy quvvati 400 megavatt boʻlgan ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishiga start berildi. Ushbu stansiyalarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi Qirgʻizistonga yetkazib berilishi koʻzda tutilgan.
.jpg)
Chuy viloyatida zamonaviy yengil avtomobillar va tijorat texnikalari ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi. Xususan, u yerda “Cobalt”, “Oniks” va “Treker” rusumli yengil hamda yuk avtomobillari yigʻiladi.
Shuningdek, Qora-Balta shahrida tikuv-trikotaj mahsulotlari va mato ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Korxonaga zamonaviy texnologik uskunalar yetkazib berilib, oʻrnatildi.
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Prezidentlari ushbu loyihalar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112207
Jamiyat
94883
Jamiyat
90973
Jamiyat
75752
Jamiyat
//
Izoh yo‘q