Jamiyat
Individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxslar yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishi, trotuarlardan, piyodalar yo‘lkalaridan, piyoda va velosiped yo‘lkalarida soatiga 10 kmdan oshmaydigan tezlikda, ular bo‘lmaganda esa yo‘l chetida soatiga 20 km tezlikdan yuqori bo‘lmagan tezlikda harakatlanishi kerak bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, tez tibbiy yordam mashinalari, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlar uchun alohida davlat raqamlari joriy etilmoqda.
Individual harakatlanish vositalarida (elektrosamokat, elektr skeytbordlar, segveylar, unisikllar, monog‘ildirak va boshqalar) 14 yoshdan kichik shaxslarning boshqarishi, piyodalar o‘tish joyida harakatlanish, odam tashish, telefondan foydalanish va boshqalar kabi bir qator taqiqlovchi choralar joriy etilmoqda.
Individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxslar yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishi, trotuarlardan, piyodalar yo‘lkalaridan, piyoda va velosiped yo‘lkalarida soatiga 10 kmdan oshmaydigan tezlikda, ular bo‘lmaganda esa yo‘l chetida soatiga 20 km tezlikdan yuqori bo‘lmagan tezlikda harakatlanishi kerak bo‘ladi.
Skuterlar va mopedlarning harakatlanishini (3.5.1), shuningdek, individual harakatlanish vositalarini boshqarishni (3.34) taqiqlovchi yangi yo‘l belgilari joriy etilyapti.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q