Jamiyat
“Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Arizona davlat universiteti bilan hamkorlikda mazkur oliygohni ochish masalasi Shavkat Mirziyoyev hamda Cintana ta’lim kompaniyasi asoschisi va raisi Duglas Bekker o‘rtasida o‘tgan yilning sentabr oyida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilingandi. So‘ngra prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, Arizona davlat universiteti va Cintana Education kompaniyasi o‘rtasida Toshkentda universitet tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolangan.
Universitet nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi hamda o‘z faoliyatini 2024/2025-o‘quv yilidan amalga oshiradi. Talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda qabul parametrlari va talabalarni o‘qitish uchun to‘lov-kontrakt summasi universitet tomonidan belgilanadi.
Universitet bitiruvchilariga Arizona davlat universitetining yoki AQSHda tan olinadigan hamkor xorijiy oliy taʼlim tashkiloti diplomi beriladi. Bunda, bitiruvchilarga berilgan diplom O‘zbekistonda tan olinadi.
Qo‘shma taʼlim dasturlarining xorijiy universitetda o‘qish qismini bakalavriatda “3+1”, magistraturada “1+1” va boshqa shaklda, jumladan, masofaviy tarzda amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Cintana Education universitetni tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 2024−2030-yillarda 30 mln dollar, 2030−2035-yillarda 20 mln dollari miqdorida investitsiya kiritish hamda investitsiyalarning kamida 50 foiziga OTM moddiy-texnika bazasini shakllantirish majburiyatini oldi.
Oliygoh Toshkent shahrining Beshyog‘och ko‘chasi 1-uy manzilidagi bino-inshootlarda 49 yil muddatga ijaraga joylashtiriladi.
Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-sentabrga qadar universitet kampusini qurish uchun Toshkent shahri hududidan belgilangan tartibda zarur yer maydoni ajratilishi lozim.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q