Jamiyat
Taʼmirlash ishlari tufayli Yakkasaroy, Yunusobod va Uchtepa tumanlarining qator hududlariga 18-iyul kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar berdi.
Yakkasaroy tumani:
aholi isteʼmolchilari soni — “Dilbuloq” MFY Shota Rustaveli ko‘chasi 8 ta ko‘p qavatli uylardagi 676 ta xonadon, Usmon Nosir ko‘chasidagi 12 ta yerli xonadon, Qushbegi ko‘chasi 2 ta ko‘p qavatli uylardagi 240 ta xonadon;
ulgurji isteʼmolchilar soni — 15 ta.
Yunusobod tumani:
aholi isteʼmolchilari soni — “Qashqar” MFY Markaz-4 daha ko‘p qavatli uylardagi 146 ta xonadon;
ulgurji isteʼmolchilar soni — 4 ta.
Uchtepa tumani
aholi isteʼmolchilari soni — Beshqayrag‘och ko‘chasidagi 6223 ta xonadon;
ulgurji isteʼmolchilar soni — 76 ta.
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.
Shuningdek, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida 18-iyul kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:
Chilonzor tumani — “Do‘mbirobod” MFY ayrim hududlarida soat 09:30 dan 17:00 gacha;
Yashnobod tumani — “Yashnobod” MFYning ayrim hududlarida bugun soat 09:30 dan 17:00 gacha.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q