Shavkat Mirziyoyev Eronning yangi prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Saqlash
14:13 / 18.07.2024 503 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-iyul kuni Eron Islom Respublikasining yangi saylangan prezidenti Masʼud Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Suhbat avvalida davlat rahbari Masʼud Pezeshkiyonni yaqinda boʻlib oʻtgan prezident saylovidagi gʻalabasi bilan samimiy qutlab, masʼuliyatli davlat lavozimida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

 

Prezidentlar Oʻzbekiston-Eron munosabatlarini yanada rivojlantirish, savdo, investitsiya va transport sohalaridagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

 

Keyingi yillarda tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi, qoʻshma loyiha va korxonalar, aviaqatnovlar soni ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Avval erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Energetika, kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi qayd etildi.

 

Shuningdek, mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar ham koʻrib chiqilgan.

 

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//