Siyosat
Mahalliylashtirish boʻyicha ishlar yangicha tizim asosida tashkil qilinadi. Endilikda har oyda eng koʻp import boʻlayotgan isteʼmol tovarlari roʻyxati va hajmi tadbirkorlarga eʼlon qilib boriladi.
Birinchi olti oyda mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarish 34 foizga oʻsdi. Lekin hamma tarmoq yoki hududda ham ishlar bir xil kechmagan. Bu haqda prezident raisligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.
Davlat xaridida mahalliy mahsulotlar ulushi 78 foizni tashkil qilsa-da, ayrim vazirliklarda mahalliy muqobili bor mahsulotlarni chetdan import qilish holatlari hanuzgacha davom etayotgani tanqid qilindi.
Shu bois mahalliylashtirish boʻyicha ishlar yangicha tizim asosida tashkil qilinishi belgilandi. Endilikda, har oyda eng koʻp import boʻlayotgan isteʼmol tovarlari roʻyxati va hajmi tadbirkorlarga eʼlon qilib boriladi. Raqobat qoʻmitasi hudud va tarmoq kesimida oʻrganish olib borib, bozorda yetishmayotgan mahsulotlar boʻyicha yangi quvvatlarni yaratish va mavjudlarini kengaytirish boʻyicha takliflarini beradi. Ushbu takliflar asosida aniq loyihalar paketi shakllantiriladi, ular 20 ta yirik tarmoq quvvatlarida yoki hududiy korxonalar bilan kooperatsiya asosida amalga oshiriladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q