Bolaga aqliy salohiyat kimdan oʻtadi?

Saqlash
23:04 / 17.07.2024 2056 0

Bolaga aqliy salohiyat kimdan oʻtadi? Otadanmi yoki onadan?

 

Bu boʻyicha tadqiqot olib borgan Ulm universiteti olimlari aql-zakovat bolaga onadan oʻtishini aniqladi.

 

Gap shundaki, insonning aqliy qobiliyatlari X xromosomasida kodlanadi. Aniqlanishicha, ota bitta, ona esa ikkita bir xil xromosomani bolaga beradi. Shu hisobda bolaga aqliy meros qoldirish imkoniyati otadan koʻra onada koʻproq boʻladi.

 

Bundan tashqari, maʼlum boʻlishicha, bolaning til oʻrganishga boʻlgan layoqati hamda xotira va tafakkur qobiliyati ham onadan oʻtar ekan.

 

Otadan meros qoladigan genda esa asosan emotsionallik boʻladi. Yaʼni, bola otadan hissiyotlar va ichki instinktni meros qilib oladi.

 

Bunda erkaklar xafa boʻlmasa ham boʻladi. Sababi, olimlarning taʼkidlashicha, hissiy intellekt va empatiya qobiliyati zamonaviy jamiyatda IQ bilan oʻlchanadigan kognitiv intellektdan kam emas.

 

Biroq shu oʻrinda asosli yana bitta dalil ham bor. Yaʼni, aql darajasidagi hamma narsa genetik omillarga bogʻliq emas. Olimlarning fikriga koʻra, uning yarmi genetikaga (40-60%), qolgani esa tashqi omillarning taʼsiriga bogʻliq va bu erda eng muhim narsa onaning bolasiga boʻlgan munosabati hisoblanadi.

 

Oldinroq dangasalik gen orqali oʻtishi haqida maʼlumot berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//